Amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson Hindistonning Mumbay shahriga tashrif buyurib, u yerdagi nochor hayotga izoh bergan. Bu haqda Economic Timesʻga tayanib “Kun.uz” nashri maʼlum qildi.
“Oʻylashimcha, qanchalik kambagʻal boʻlsang, shuncha yaxshi boks tushasan. Eng muvaffaqiyatli jangchilar xarobalardan chiqqan. Nochor bokschilar katta natijalarga erishishadi”, deb aytgan 52 yoshli Tayson.
Tayson Hindistonga aralash yakkakurash (MMA) musobaqasi Kumite 1 League ochilishiga kelgan. Sobiq bokschi jurnalistlar bilan muloqot vaqtida faoliyati boshida tanlov boʻlganda MMA bilan shugʻullanmagan boʻlishini aytgan.
“MMAʻda juda kam haq toʻlanadi, men esa har doim pul ortidan borganman”, deb taʼkidlab oʻtgan Tayson.
Bokschi professional faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. Tayson ogʻir vazn toifasida 1987 yildan 1990 yilgacha mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. U 58 ta jang oʻtkazib, 50 ta gʻalabaga erishgan. “Temir Mayk” ogʻir vazn toifasida chempion boʻlgan tarixdagi eng yosh bokschi hisoblanadi. U bu natijaga erishganda 20 yil 4 oy va 22 kunlik yoshda boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”