Bugun, 2 oktyabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasida 2-tur bahslari boshlandi. Tur doirasida 2 ta uchrashuv yakuniga yetdi.
Jumladan, “H” guruhidan oʻrin olgan “Yuventus” Turinda Shveysariyaning “Yang Boyz” jamoasini qabul qilib, yirik 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Uchala gol ham turinliklarning argentinalik futbolchisi Paulo Dibalaga hisobiga yozildi. Shu tariqa Dibala Krishtianu Ronaldu qatnashmagan bahsda xet-trikni tantana qildi. Guruhning ikkinchi oʻyinida “Manchester Yunayted” oʻz uyida “Valensiya”ni qabul qiladi.
“F” guruhidan oʻrin olgan Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” Germaniyaga safar qildi. “Hoffenhaym” “Siti” bilan oʻyinning 1-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Gol muallifi Belfodil boʻldi. 8-daqiqada Leroy Sanening uzatmasidan soʻng Serxio Aguero hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi boʻlimning 87-daqiqasida esa David Silva “Man Siti”ga gʻalabaga keltirgan golga mualliflik qildi. Guruhning ikkinchi oʻyinida “Lion” oʻz uyida “Shaxtyor”ni qabul qiladi.
Yevropa Chempionlar Ligasi 2-tur bellashuvlari
2 oktyabr, seshanba
“H” guruhi
“Yuventus”—“Yang Boyz” 3:0
Gollar: 1:0 – 5 Dibala, 2:0 – 33 Dibala, 3:0 – 69 Dibala.
Ogohlantirishlar: Bertone (24), Sanogo (41), Kamara (75).
Chetlatish: Kamara (78).
“F” guruhi
“Hoffenhaym”—“Manchester Siti” 1:2
Gollar: 1:0 – 1 Belfodil, 1:1 – 7 Aguero, 1:2 – 87 Silva.
Ogohlantirishlar: Otamendi (12), Fernandino (36), Demirbay (57), Uoker (66).