
Avval xabar berganimizdek bundan biroz avval UFC 229 turnirining markaziy janggida yengil vazn toifasida UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik amaldagi chempion Konor Makgregorni magʻlubiyatga uchratdi.
Eʼtiborlisi, rossiyalik sportchi bu bilan oʻzining UFCʻdagi gʻalabali seriyasini davom ettirdi. Taʼkidlash kerakki, bugungi jang uning uchun UFCʻdagi 11-jangi boʻldi. U ushbu sport turi tarixida ketma-ket 10ta jangda 100 foizlik natija qayd etgan birinchi sportchi hisoblanadi.
Yana bir eʼtiborli jihati u faoliyati davomida oʻtkazgan 27ta jangda ham biror marta magʻlub boʻlmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar