23:02 / 09.10.2018
2 781

“Fargʻona vodiysi kubogi”: “Neftchi” turnirni gʻalaba bilan boshladi

“Fargʻona vodiysi kubogi”: “Neftchi” turnirni gʻalaba bilan boshladi
9-11 oktyabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahrida qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni sport orqali yanada mustahkamlash maqsadida ilk marta “Fargʻona vodiysi kubogi” boʻlib oʻtishi haqida xabar bergan edik.

Musobaqada Tojikistonning “Xoʻjand”, Qirgʻizistonning “Oloy” va Batken viloyati terma jamoasi, shuningdek, Oʻzbekistonning “Neftchi” klublari ishtirok etishmoqda. Bugun “Fargʻona vodiysi kubogi”start oldi.

Unda ishtirok etayotgan Fargʻonaning “Neftchi” jamoasi ilk oʻyinini Batken viloyati terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda “Neftchi” raqibni 7:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Batken – “Neftchi” – 1:7

Gollar:
Razzoqov (46) – Bobur Yuldashev (28, 39), Andrey Sidorov (30), Abdurahmon Abdulxaqov (33), Islom Toshpoʻlatov (71), Doston Abduraxmonov (83), Jamshid Qobulov (89).

Taʼkidlash joizki, musobaqada asosiy jamoalar bilan birgalikda shuningdek, ushbu klublarning 12 yoshgacha boʻlgan tarbiyalanuvchilari ham oʻzaro gʻoliblik uchun kurash olib borishmoqda. Ilk oʻyinda fargʻonalik yosh futbolchilar Batken (U-12) jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etishdi.

Ertaga “Neftchi” Qirgʻizistonning “Oloy” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Fargʻona vodiysi kubogi”: “Neftchi” turnirni gʻalaba bilan boshladi