
Myunxenning “Bavariya” klubi rahbariyati Niko Kovachni isteʼfoga chiqarib, murabbiylar shtabida jiddiy oʻzgartirishlarni amalga oshirmoqchi. Kovachning ketishiga klub prezidenti Uli Hyonessdan boshqa barcha rahbarlar rozi va ular allaqachon yangi mutaxassisni qidirishga tushishgan.
Germaniyaning “Bild” jurnali maʼlumot berishicha, bavariyaliklarning qisqartirilgan roʻyxatiga bir yoʻla uch fransuz kirdi — Zayniddin Zidan, Arsen Venger va Loran Blan. Ular hozir ishsiz.
Eslatib oʻtamiz, Germaniya chempionatining yettinchi turidan soʻng Kovach boshchiligidagi “Bavariya” 13 ochko bilan oltinchi oʻrinda boryapti. Myunxenliklar chempionat karvonboshisi — Dortmundning “Borussiya”sidan toʻrt ochkoga ortda qolyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar