Oʻzbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Qatar bilan oʻz maydonida kuch sinashdi. Ektor Kuper qoʻl ostida terma jamoamiz ikkinchi gʻalabani qoʻlga kiritishdi.
Birinchi boʻlim nisbatan sokin ruhda kechdi va Oʻzbekiston futbolchilari toʻpni nazorat qilishga urindilar. Qatar esa qarshi hujumga tayanib harakat qildi.
Ikkinchi boʻlimning yarimga kelib hamyurtlarimiz bosimni kuchaytirishdi va bu oʻz samarasini berdi. Akmal Shorahmedovning oʻng qanotdan uzatib bergan toʻpini Odil Ahmedov boshi bilan darvozaga aniq yoʻnaltirdi va hisobni ochdi.
Goldan soʻng raqib futbolchilarida juda qulay imkoniyat yuzaga keldi, soʻnggi pallada Oleg Zoteyev toʻpni darvoza chizigʻi ustidan qaytarib yubordi. Ikkinchi boʻlim oxiriga yaqin Odil Axmedov qarshi hujumda yaxshi harakat qilib zahiradan maydonga tushgan Marat Bikmayevni qulay vaziyatga olib chiqdi. Marat esa ushbu ajoyib pasni raqib darvozabon ustidan oshirib chiroyli yakun yasadi. Shu hisob oʻyin yakuniga qadar saqlanib qoldi.
Oʻrtoqlik uchrashuvi
Oʻzbekiston - Qatar 2:0
Gollar: Odil Ahmedov 72, - 1:0. Marat Bikmayev 85, - 2:0.
Oʻzbekiston: 30.Oʻtkir Yusupov, 2.Akmal Shorahmedov, 31.Yegor Krimes (4.Dostonbek Tursunov, 64), 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteyev, 15.Odil Hamrobekov, 9.Odil Ahmedov (Islom Toʻxtaxoʻjayev, 90), 6.Husniddin Gʻofurov (17.Dostonbek Hamdamov, 46), 22.Javohir Sidiqov, 8.Ikrom Aliboyev (19.Vladimir Kozak, 83), 14.Eldor Shomurodov (10.Marat Bikmayev, 76).
Qatar: 21.Yusuf Hassan, 6.Abdulaziz Hatim Muhammad, 10.Hassan Al Haydos, 12.Karim Budiaf, 13.Sulton Hussayn, 15.Bassam Husam Al Ravi, 17.Muhammad Musa, 18. Abdulkarim Salim, 19.Al Moyez Ali, 26.Toriq Salmon, 28.Assim Umar.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”