date

«Manchester Yunayted» safarda «Tottenxem» bilan nursiz durang qayd etdi

«Manchester Yunayted» safarda «Tottenxem» bilan nursiz durang qayd etdi

Angliya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" hamda "Manchester Yunayted" klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.

Dastlabki taymda, “MYu“ katta tashabbusga edi. Radamel Falkaoda o‘yininng ilk daqiiqalaridayoq o‘z jamoasini hisobda oldinga olib chiqish uchun juda qulay vaziyat yuzaga edi, lekin, uning zarbasi biroz kuchsizroq chiqdi va Loris to‘pni qiyinchiliksiz o‘shlab oldi. 35-daqiqada Xuan Mata jarima zarbasini ajoyib tarzda ijro etdi, ammo, uning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuniga tegdi.

Ikkinchi bo‘limda, “Tottenxem” ancha o‘ziga kelib oldi va asta-sekinlik bilan De Xea darvozasiga xavf sola boshladi. Kristian Eriksen va Garri Keynda vaziyatlar bo‘ldi, lekin, ikkinchi taymda ham hisob ochilmadi. Lui Van Gal tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlar ham mankunianliklarga hech qanday naf keltirmadi.

Demak, mazkur durangdan so‘ng, "MYu" 37 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinda qolgan bo‘lsa, "Tottenxem" 31 ochko bilan 6-o‘rinni band etib turibdi.

Angliya chempionati. 19-tur

Tottenxem – Manchester Yunayted 0:0 (0:0, 0:0)
Tottenxem – Loris, Devis, Kirikesh, Fasio, Vertongen, Stambuli, Meyson, Eriksen, Taunsend (Dembele, 79), Shadli (Lamela, 79), Keyn.
Manchester Yunayted – De Xea, Makneyr (Shou, 76), Evans (Smolling, 72), Djons, Valensiya (da Silva, 46), Yang, Kerrik, Mata, Runi, Falkao, van Persi.
Ogohlantiirishlar: Stambuli (26), Taunsend (27), Yang (50), Makneyr (71), Falkao (84), da Silva (86).

Manba: www.uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» safarda «Tottenxem» bilan nursiz durang qayd etdi