17:28 / 20.10.2018
2 626

Laudrup “Real”ni boshqarishga rozi bo‘ldi

Laudrup “Real”ni boshqarishga rozi bo‘ldi
Daniyalik mashhur mutaxassis Mikael Laudrup “Real”ni boshqarishga tayyor. Bu haqda Sports.uz xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 54 yoshli murabbiyning vakillari ushbu masala yuzasidan “qirollik klubi” bilan bog‘lanishgan va ularga mijozining xizmatlarini taklif qilishgan. Qayd etish lozimki, Laudrup “Real”ning sobiq futbolchisi hisoblanadi. U 1994-1996 yillarda madridliklar sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, Mikael Laudrup faoliyati davomida "Spartak" Moskva, "Brondbya", "Xetafe", "Malorka", "Suonsi", "Laxviya" hamda "Al-Rayyan" klublarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” rahbariyati jamoaning joriy mavsum ko‘rsatayotgan qoniqarsiz natijalari sabab tez orada jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegini iste’foga chiqarmoqchi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)