
Boks bo‘yicha sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o‘zining navbatdagi jangini taniqli bokschilardan biri Edriyen Bronerga qarshi o‘tkazadi.
Jang hozircha kelasi yilning 12 yoki 19 yanvar kunlariga rejalashtirilmoqda.
Filippinlik bokschi to‘rt vazn toifasining sobiq chempionini muddatidan oldin mag‘lub etishiga ishonmoqda.
- Shartnoma bo‘yicha deryali kelishuvga erishdik, ammo hali imzolamadik. Jangdagi rejamga keladigan bo‘lsak, raqibimni yettinchi raundda nokautga uchratmoqchiman. Bunday holat o‘tgan jangda Lukas Matisse bilan bo‘lgan. Oldin ham bir necha marta shunday vaziyatlar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, - deydi Pakyao.
Eslatib o‘tamiz, Broner professional ringda uch marta mag‘lubiyatga uchragan, ammo bir marta ham muddatidan oldin yutqazmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar