O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kelasi yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishda davom etadi.
Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz sentyabr oyida Suriya va Eron, oktyabrda esa KXDR va Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi.
Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham unumli foydalanish maqsadida, O‘zbekiston MTJ uchun noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilinadi.
15 noyabr kuni vakillarimiz Livan terma jamoasiga qarshi to‘p sursa, 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi. Har ikki uchrashuv Avstraliyaning Brisben shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi 2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi