06:00 / 25.10.2018
3 561

Umid Ahmadjonov izoh berdi: JAKO terma jamoani tekinga kiyintiradi

Umid Ahmadjonov izoh berdi: JAKO terma jamoani tekinga kiyintiradi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Germaniyaning JAKO (YaKO) kompaniyasi bilan erishilgan hamkorlik kelishuvi bo‘yicha KUN.UZ muxbiriga batafsilroq ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, JAKO bilan 3 yillik kelishuv tuzilgan va JCh-2020 sikli yakuniga qadar ushbu kompaniya O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalariga tekinga ekipirovkalar yetkazib beradi. Olimpiya terma jamoasi esa oldiroq erishilgan kelishuv bo‘yicha PRES-JOG tomonidan kiyintiriladi.

«JAKO bir yilda 365 komplekt yetkazib berib turadi. Hamasi tekinga. Ichida 96 xil narsasi bo‘ladi, kurtkalaridan tortib, paypog‘igacha. Taqqoslash uchun, Adidas atigi 20 xil kiyimdan iborat komplekt taklif qilgandi.

Osiyo kubogi uchun ham maxsus forma qilib beriladi. Keyinroq, alohida dizayn ishlab chiqilib, hamisha shu dizayndagi liboslar kiyiladi», deydi Umid Ahmadjonov.

Qayd etish kerakki, sentyabr oyi boshida O‘FA Adidas bilan shartnoma tuzishi haqida xabar tarqalgandi. Ammo sinov muddatidan keyin bu variantdan voz kechilgan.

25 oktyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanadi.

Ma’lumot uchun, Germaniyaning sport kiyimlari, oyoq kiyimlari va aksessuarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Jako kompaniyasiga 1989 yili Rudi Shpryugelem shahrida asos solingan. Kompaniya dunyoning 40dan ortiq davlatida faoliyat ko‘rsatadi. Bosh ofisi Germaniya janubi-g‘arbidagi Baden-Vyurtemberg yerida, Mulfingen kommunasi, Xollenbax okrugida joylashgan.

Jako Avstraliya chempionatidagi bir necha klublarni kiyintiradi, shuningdek, Osiyoda Iroq, Iordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar va BAAdagi klublar bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Kipr, Chexiya, Latviya, Niderlandiya, Serbiya, Slovakiya, Shveysariya, Ukraina, Germaniya, Vengriya, Islandiya, Polsha va Rossiya kabi davlatlarda ham ishlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov izoh berdi: JAKO terma jamoani tekinga kiyintiradi