3 485
Xabib Nurmagomedovga Makgregor bilan jangi uchun belgilangan gonorarning yarmi qaytarildi
Nevada shtati atletika komissiyasi Xabib Nurmagomedovga Konor Makgregor bilan jangi uchun belgilangan gonorarning yarmini qaytarishga qaror qildi. Shu bilan birga ikkala jangchining vaqtinchalik chetlatilishi komissiyaning keyingi yig‘ilishi o‘tadigan sana – 10 dekabrgacha uzaytirilgan.
Nurmagomedovning g‘alabasi bilan yakunlangan jangdan keyin jangchilar o‘rtasida mojaro chiqqan. Nurmagomedov jang tugashi bilan oktagondan sakrab chiqib, irlandiyalikning murabbiyi bilan mushtlashib ketgan. Bu orada uning jamoasining bir necha a’zosi oktagonga tushib, Makgregor bilan orani ochiq qilishga tushib ketgan.
Janggacha Makgregor Xabib va uning oilasini bir necha marta haqoratlagan, uning dini va millati borasida kurakda turmaydigan gaplar aytgan.
Jangdan keyin Nurmagomedov o‘zining xatti-harakatlari uchun uzr so‘ragan, biroq bu mojaro Makgregor sababli sodir bo‘lganini aytib o‘tgan.
Xabibga ushbu jang uchun atalgan gonorarni mojaro tafsilotlari o‘rnatilgungacha berilishi muzlatib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi