
Chexiyalik ishbilarmon Petr Kellner Londonning «Chelsi» klubini sotib olishi mumkin, deya xabar qilmoqda Tyden nashri.
Tabdirkor futbol biznesiga kirib kelmoqchi va London klubini sotib olish borasida o‘ylamoqda. «Chelsi»ni sotib olish borasidagi muzokaralarning ilk qismi yaqin kunlarda o‘tkazilishi kutilmoqda.
Manbada ta’kidlanishicha, Kellner «Chelsi»ning egasi Roman Abramovich bilan yaqin munosabatda. Petr Chexiyaning eng boy fuqarosi hisoblanadi, uning boyligi 15,5 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Avvalroq, Abramovich «Chelsi»ni 3 mlrd funtga sotishga tayyorligi aytilgandi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar