
27 oktyabr kuni OFK Kubogining final bahsi o‘tkazildi.
Unda Iroqning «Al-Quvvatul Javiya» va Turkmanistonning «Oltin asr» klublari bellashdi. O‘yin iroqliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Natijada, «Al-Quvvatul Javiya» o‘z tarixida uchinchi marta musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Bundan oldin jamoa 2016 va 2017 yillarda kubokni qo‘lga kiritgan edi. «Oltin asr» esa Turkmaniston futboli tarixida ilk marotaba finalda o‘ynadi.
OFK Kubogi, final
27 oktyabr, Basra (Iroq)
Al-Quvvatul Javiya (Iroq) - Oltin asr (Turkmaniston) 2:0
Gollar: Ahmad (22), Bayish (57) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar