
"Lester Siti" hamda "Vest Xem" o‘rtasidagi APLning 10-tur o‘yinidan so‘ng "King Pauer" stadioni yaqinida "tulkilar" egasining vertolyoti quladi.
Voqea klub avtoturargohida sodir bo‘ldi.
Guvohlarning aytishicha, Vishay Shrivaddanaprabxa ("Lester Siti" egasi)ning vertolyoti stadionni tark etishi bilan spiral kabi aylanib, yerga qulagan. Srivadxanaprabxa har bir o‘yindan so‘ng uyiga vertolyotda qaytardi. Voqea "Vest Xem"ga qarshi bahs yakunlanganidan 1 soat o‘tib ro‘y bergan. Hudud o‘rab olingan, stadiondagilar evakuatsiya qilindi. Voqea joyida tez yordam xizmati va politsiya ishlamoqda.
"Guardian" nashrining ma’lum qilishicha, voqea joyi oldida yig‘layotgan "Lester" darvozabon Kasper Shmeyxelni ko‘rishgan.
"Tulkilar" futbolchilari" ijtimoiy tarmoqlarga duoni anglatuvchi emojilar joylashmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar