
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov "Anji"ga qarshi bo‘lib o‘tgan RPLning 12-tur o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, chetlatishdan so‘ng qiyinchiliklarga duch keldik. Ustunlik biz tomonda edi. Bahs oxiridagi xavfni hisobga olmasak, raqib vaziyat yarata olmadi.
Omadim kelmadi, aniqlik yetishmadi. Yana gol urishni judayam istayman, chunki hujumchi uchun eng muhimi - gol urish" - deydi Eldor Shomurodov.
Shomurodov joriy mavsum RPLning 10ta uchrashuvida maydonga tushdi. Hujumchi "Sizran"ga qarshi Rossiya Kubogi uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.