A Seriya. "Milan" gollar shousida zafar quchdi

A Seriya. "Milan" gollar shousida zafar quchdi
Bundan biroz oldin Italiya A Seriyasi 10-turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Sampdoriya" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Milandagi "San-Siro" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 3:2 hisobidazafar quchishdi.

"Rossonerilar" safida Patrik Kutrorne, Gonsalo Iguain va Susolar gol muallifi bo‘lishdi. Bunga esa mehmonlar safidaRikkardo Saponara va hujumchi Fabio Kvalyarellalar javob qaytarishdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar