
Urugvay terma jamoasi va «PSJ» klubi hujumchisi Edinson Kavani Golden Foot mukofotining 2018 yilgi laureati deb topildi. U ushbu e’tirof uchun raqobatda Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Luis Suares kabi hamkasblarini ortda qoldirgan.
Golden Foot («Oltin oyoq») sovrini futboldagi yutuqlari va shaxsiy fazilatlari uchun 28 yoshdan oshgan o‘yinchilarga topshiriladi. Har yili xalqaro jurnalistlar tomonidan tanlab olingan 10 nafar nomzod internetda ovozga qo‘yiladi va g‘olib shu asosda aniqlanadi. Mukofot sohibi Monakodagi The Champions Promenade`da oyoq izlarini qoldiradi.

2003 yildan boshlab topshirib kelinayotgan ushbu sovringa so‘nggi o‘n yilda Ronaldino, Franchesko Totti, Rayan Giggz, Zlatan Ibrahimovich, Dide Drogba, Andres Inesta, Samuel Eto`O, Janluiji Buffon va Iker Kasilya kabi o‘yinchilar loyiq ko‘rilgan.
Ta’kidlash joiz, Kavani Golden Foot mukofotini qo‘lga kiritgan ilk urugvaylik futbolchiga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar