date
views 3 284

Ramzan Kadirov Nurmagomedov va Meyvezer jangini yuqori darajada tashkil qilib bermoqchi

Ramzan Kadirov Nurmagomedov va Meyvezer jangini yuqori darajada tashkil qilib bermoqchi
Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Kadirov so‘zlariga ko‘ra, Groznыy shahri besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer va UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o‘rtasidagi boks qoidalari bo‘yicha jangini qabul qilishga tayyor deb yozadi Sports.uz nashri.

– Biz jahon darajasida sport, siyosiy, madaniy tadbirlarni tashkillashtirishda boy tajribaga egamiz, – deydi Kadirov. – Agar Xabib va Floyd jang borasida kelishuvga erishsa, biz mamnuniyat bilan Grozniyga bunday imkoniyatni taqdim qilamiz. Biz uni yuqori darajada tashkil qilamiz.

Checheniston rahbari shuningdek, bu sportchilar bilan aloqalari haqida gapirib o‘tdi.

– Albatta, men Xabibga muxlislik qilaman. U bizning jangchi – musulmon, rossiyalik, kavkazlik. O‘z vaqtida men Meyvezer iqtidori ishqiboziman. Uni juda hurmat qilaman. U biznikiga o‘z uyiga kelganday keladi. Uning so‘zlari: “Men Chechenistonda uy qurishni va Grozniyda yashashni, Rossiya fuqaroligini olishni istayman”. Men u bilan yaxshi, do‘stona, aka-ukalardek munosabatdamiz, – deydi Kadirov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ramzan Kadirov Nurmagomedov va Meyvezer jangini yuqori darajada tashkil qilib bermoqchi