Superligasining 28-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Bunyodkor" (0:2) o‘yinidan so‘ng "qaldirg‘ochlar" ustozi Mirjlol Qosimov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘ylaymanki, o‘yinni ko‘rish uchun stadionga kelgan muxlislar yutdi. Sababi, o‘yin shiddatli, ochiq va tomoshabop bo‘ldi. "Buxoro" jamoasi ham bir necha marta qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bizning futbolchilar ham vaziyatlarni ko‘kka sovurishdi.
Dramatik o‘yin guvohiga aylandik. So‘nggi daqiqalarda ikkinchi sariq kartochka bilan qizil kartochka olib maydonni tark etgan futbolchi "Buxoro"ga pand berdi va natijaga ta’sir ko‘rsatdi. O‘z navbatida biz ham so‘nggi daqiqagacha kurashdik va g‘alaba qozondik.
Sovuq ob-havoga qaramasdan stadionga kelgan muxlislarga rahmat. Qolaversa poytaxtdan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun yetib kelgan muxlislarimizga ham alohida minnatdorchilik bildiraman", - deydi Mirjalol Qosimov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi