date
views 2 788

Istanbul derbisida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (foto, video)

Istanbul derbisida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (foto, video)
2 noyabr kuni Turkiya chempionati Istanbul derbisida «Fenerbaxche» va «Galatasaroy» klublari bellashdi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlandi. Bellashuvdan so‘ng futbolchilar bir-birini qutlash o‘rniga, ommaviy mushtlashuvda ishtirok etishdi.

O‘yinda 2-golni urgan «Fener» yarimhimoyachisi Jailsonning hatti-harakatlari raqiblarga yoqmadi va ular ko‘pchilik bo‘lib, unga tashlanishdi. Futbolchi ularning ta’qibidan qochib, kiyinish xonasiga yashirinishga majbur bo‘ldi.

Bungacha Jailson, hujumchi Soldado va «Galatasaroy» futbolchisi Ndiaye qizil kartaga loyiq ko‘rilgandi.

Foto: Twitter/ B/R Football

Foto: Twitter/ B/R Football

Foto: Twitter/ B/R Football

Ayni paytda Turkiya chempionatida «Istanbul BB» peshqadamlik qilmoqda. «Galatasaroy» ikkinchi, «Fenerbaxche» 15-o‘rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Istanbul derbisida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (foto, video)