O‘zbekiston chempionatining 29-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» – «Lokomotiv» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Toshkentdagi «Milliy» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs jangovar durang bilan yakun topdi.
O‘yin muxlislar kutganidek hujumkor ruhda boshlandi. Ikki tomonda ham bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Uchrashuvning 40–daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi: Temurxo‘ja Abduholiqov raqib jarima maydonida faollik ko‘rsatdi va darvoza tomon zarba berdi, biroq uni Suhrob Sultonov qaytarib yubordi, qaytgan to‘pni Marat Bikmayev yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.
Oradan uzoq vaqt o‘tmay «qaldirg‘ochlar» javob to‘pini kiritishdi: himoyachilardan qaytgan to‘pni Azizbek Xaydarov uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab darvozaning uzoq burchagiga «mixlab» qo‘ydi va muvozanatni tikladi.
66-daqiqada Sardor Sobirxo‘jayev yaqin masofadan gol urib, endi mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada «temiryo‘lchilar» hisobni tenglashtirishdi: Oleg Zoteyev qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi.
PEPSI Superliga, 29-tur
«Bunyodkor» – «Lokomotiv» 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 40 Bikmayev, 1:1 – 41 Xaydarov, 2:1 – 66 Sobirxo‘jayev, 2:2 – 82 Zoteyev.
«Bunyodkor»: 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 8. Jovlonbek Ibrohimov, 9 Shaxzodbek Nurmatov (99. Filipp Rayevats, 76), 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 30. Xurshid G‘iyosov (14. Mirjahon Mirahmadov, 84), 77. Azizbek Haydarov (10. Abdulla Abdullayev, 66).
«Lokomotiv»: 1. Ignatiy Nesterov, 7. Sadriddin Abdullayev (5. Kaxi Maxaradze, 33), 9. Ikrom Aliboyev, 10. Marat Bikmayev, 11. Timurxo‘ja Abduxoliqov (77. Diyorjon Turopov, 73), 15.Sardor Mirzayev, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 22. Sanjar Shoahmedov, 28. Shuhrat Muhammadiyev (80. Farruhjon Ibrohimov, 9), 33. Oleg Zoteyev, 55. Anzur Ismoilov.
Ogohlantirishlar: To‘xtaxo‘jayev 61, F. Ibrohimov 64.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi