
«PSJ» klubi hujumchisi Neymar YeChL 4-turi doirasida «Napoli»ga qarshi kechgan o‘yin (1:1) bosh hakami Born Kuypersni tanqid ostiga oldi.
«Bugun ko‘plab xatolar bo‘ldi, ammo meni hammasidan ko‘p hakamning muomalasi jahlimni chiqardi. Men uning gaplaridan hurmatsizlikni his qildim, shu sabab o‘zimni nazorat qila olmadim.
Hakam qolganlardek odam, u ham adashishi mumkin, bu meni xavotirga solmaydi. Ammo Kuypers futbolchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Hushtak va kartochkalaring bor degani bu qolganlardan ustunsan degani emas», – deydi Neymar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar