
Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan Ye guruhidagi o‘yinlar o‘z nihoyasiga yetdi.
«Bavariya» o‘zida Gretsiyaning AYeK klubini qabul qildi. «Alyans Arena»da bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Robert Levandovskining dubli myunxenliklarga g‘alaba olib keldi. Shu bilan, greklar uchun pley-off eshiklari yopildi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida «Benfika» va «Ayaks» jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar. Lissabondagi «Da Lush» stadionida kechgan o‘yin durang bilan yakun topdi.
Guruhdagi vaziyat bilan tanishing: 1. «Bavariya» (10 ochko); 2. «Ayaks» (8); 3. «Benfika» (4); 4. AYeK (0).
YeChL, 4-tur
Bavariya Germaniya – AYeK Gretsiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 31, penalti Levandovski, 2:0 – 71 Levandovski.
Bavariya – Noyer, Kimmix, Boateng, Xummels, Alaba, Martines, Gnabri (Sanshesh, 87), Goretska, Myuller, Riberi (Rafinya, 84), Levandovski (Vagner, 90).
AYeK – Barkas, Bakakis, Lambropulos, Chigrinskiy, Chosich, Xult, Galanopulos (Rodrigo Galo, 78), Simoynsh, Alef (Moran, 67), Ponse, Mantalos (Boye, 80).
Ogohlantirishlar: Chosich (29), Simoynsh (64), Lambropulos (67).
Benfika Portugaliya – Ayaks Gollandiya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 29 Jonas, 1:1 – 61 Tadich.
Benfika – Vlaxodimos, Diash, Grimaldo, Andre Almeyda, Jardel, Jedson Fernandesh (Pitssi, 75), Feysa, Pires, Salvio (Rafa Silva, 48), Servi, Jonas (Seferovich, 55).
Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Talyafiko, Mazraui, de Yong (Veber, 86), Ziyesh, Tadich, van de Bek, Neres (Dolberg, 74), Shene.
Ogohlantirishlar: Talyafiko (34), Jonas (39), de Ligt (42), Feysa (45), Jardel (70), van de Bek (72), Tadich (83).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar