
Kelasi yili OChLda jiddiy maqsadlarni ko‘zlayotganlar «sherlar» o‘z tarkibini keskin kuchaytirish harakatida. Jamoa bu borada seleksiya ishlarini boshlab yuborgan, deb yozmoqda Olamsport nashri.
SA xodimi Shahboz Beg‘amovning xabar berishicha, jamoa Xitoy chempioniga aylangan Odil Ahmedov, «Qo‘qon-1912» safida javlon urayotgan Javohir Sidiqov singari sobiq futbolchilarini ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda «Paxtakor» ushbu sobiq futbolchilari xizmatiga jiddiy qiziqmoqda.
Shuningdek, «Paxtakor»ning qishki transferlar short-listida «Lokomotiv» a’zolari — markaziy himoyachi Anzur Ismoilov va o‘ng qanot himoyachisi Shuhrat Muhammadiyev ham o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina jamoa murabbiyi Jasur Abduraimov «Navbahor»ga qarshi o‘yindan keyin jamoa qishda sobiq futbolchilarni ortga qaytarishi mumkinligini ta’kidlagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar