
2018 yilning 28 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi-2018 finalida Olmaliq shahrining “AGMK” futbol klubi g‘alaba qozongani haqida xabar qilgan edik.
“Paxtakor” klubi ustidan 3-1 hisobida muvaffaqiyat qozongan klub a’zolariga mukofot sifatida avtomashinalar sovg‘a qilindi.
Bugun, aynan ana shu mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Bundan tashqari 500 kg osh qilib, g‘alaba sharafiga tortiq qilindi.
Klub direktori va bosh murabbiyga “Jentra”, Murabbiylar va futbolchilarga “Kobalt” hamda “Spark” rusumli avtomashinalar sovg‘a qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar