Kecha, 9 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 30-turi doirasida uchta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
«Lokomotiv» jamoasi «Buxoro»ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chempionlik sari yana bir qadam ilgariladi.
O‘zbekiston Kubogi sohibi AGMK Olmaliqda «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan bellashib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Eslatib o‘tamiz, bugun Kubok sohiblariga avtomashinalar sovg‘a qilindi.
Quyi oltilikda Superligada qolish uchun kurashayotgan ikki jamoa — «Neftchi» va «So‘g‘diyona» Farg‘onada o‘zaro hisob-kitob qildi.
Uchrashuv taqdirini 89-daqiqda jizzaxliklar legioneri Nikola Milinkovich tomonidan kiritilgan gol hal etdi. U penaltidan gol urib, «So‘g‘diyona»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
«Neftchi» esa mazkur mag‘lubiyat sabab Superligani muddatidan avval tark etаdi. Boisi farg‘onaliklar hisobida hozirda 17 ochko mavjud va ular so‘nggi o‘rinda. AGMK va «So‘g‘diyona» jamoalari esa 23 ochkodan jamg‘arib, quyi oltilikda 4 va 5-o‘rinni band etib turibdi. Agar «Neftchi» keyingi 2 ta o‘yinda 6 ochkoga ega bo‘lsa ham o‘zar o‘yinlardagi past natijalar sabab ulardan pastga joylashadi.
1962 yilda “Neftyanik” nomi bilan tashkil qilingan jamoa, o‘z tarixida ilk bor quyi ligaga ravona bo‘ladi.
Shu paytga qadar o‘zbek futboli tarixida faqatgina Toshkentning «Paxtakor», Namanganning «Navbahor» hamda Farg‘onaning «Neftchi» jamoalari Oliy ligadan pastlamagan edi. Demak, tarix o‘zgaradi va ular soni 2 ta bo‘lib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi