date
views 2 788

Eronlik ayollar 35 yillik taqiqlovdan keyin futbol maydoniga qo‘yildilar

Eronlik ayollar 35 yillik taqiqlovdan keyin futbol maydoniga qo‘yildilar
Yuzlab eronlik futbol muxlisalari 10 noyabrda Tehronda o‘tgan Osiyo Chempionlar ligasi finali javob uchrashuviga tashrif buyura oldilar. Ma’lum qilinishicha, stadionga kelgan ayollarning askariyati o‘yinchilarning yaqinlari va ayollar futbol jamoalari a’zolari bo‘lgan.

Muxlisalar uzoq kutilgan ruxsatni FIFA Eron hukumati bilan olib borayotgan muzokaralar natijasida olishgan. FIFA Eronda ayollarga futbol uchrashuvlariga tashrif buyurishga 35 yildan ko‘proq vaqtdan beri amal qilayotgan taqiqlovning bekor qilinishida yordam bermoqchi.

Avvalroq eronlik ayollar Boliviya terma jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuviga qo‘yilgandilar, biroq o‘yindan keyin taqiqlov yana kuchga kirgan. Joriy yil martida 35 nafar eronlik muxlisa ikki mahalliy jamoaning o‘yinini ko‘rish uchun maydonga kirmoqchi bo‘lganda ushlangandi.

Musobaqada esa Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubi g‘olib bo‘ldi. Ikki o‘yindan iborat finalning javob uchrashuvida yapon klubi safarda Eronning «Persepolis» klubi bilan 0:0 hisobidagi durang qayd etdi. Dastlabki bahsda 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan yaponiyaliklar nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eronlik ayollar 35 yillik taqiqlovdan keyin futbol maydoniga qo‘yildilar