20 oktyabrdan buyon O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi tomonidan sovrin jamg‘armasi 5,5 mln dollarni tashkil etuvchi Butunjahon elektron sport o‘yinlari (WESG) musobaqasi uchun saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.
Kibersport bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashish uchun O‘zbekiston vakillari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha LAN (offlayn) rejimida saralash bahslariga kirishgan. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha respublika ochiq chempionati g‘oliblari keyingi bosqichda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari sportchilari bilan kuch sinashadi va unda g‘alaba qozongan ishtirokchilar WESG final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Ayni kunlarda yuqorida ta’kidlanganidek beshta komyuter o‘yini – «PES 2019», «Dota 2», «CS GO», «Star Craft 2» va «Hearthstone» bo‘yicha respublika saralashi bahslari O‘FA ko‘magi bilan «Milliy» stadionida yangi tashkil etilgan, Elektron komyuter sporti federatsiyasiga qarashli «UzArena» kibersport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. Chempionatning eng yaxshi ishtirokchilari keyingi xalqaro bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘lish bilan birga 2019 yilgi O‘zbekiston professional kibersport ligasi qatnashchisiga aylanadi.
Tez kunda saralash bahslariga yakun yasaladi. Grand finallari g‘oliblari shundan so‘ng Markaziy Osiyo davlatlarining chempion kibersportchilari bilan saralashning so‘nggi raundida ishtirok etadi. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilar Xitoyda bo‘lib o‘tadigan WESG musobaqasiga yo‘l oladi.
«UzArena»da Respublika ochiq chempionati bilan bir vaqtda «FIFA 2019» simulyatori bo‘yicha O‘zbekiston kibersport kubogi festivali ham o‘tkazilmoqda. Uning saralashi keng miqyosda o‘tib, ming nafarga yaqin kibersportchini qamrab oldi. G‘oliblar yakunda MDH davlatlari o‘rtasida onlayn rejimida bo‘lib o‘tadigan, sovrin jamg‘armasi 2000 dollarga teng xalqaro turnir va shu yo‘nalishda tashkil etiladigan kelasi yilgi milliy kibersport ligasiga yo‘llanma oladi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi boshida elektron-komyuter sporti O‘zbekistonda rasmiy sport turlari ro‘yxatiga kiritilgan edi. Sohaga qiziquvchilar Elektron kompyuter sporti federatsiyasining Telegram-kanaliga o‘tish orqali adminlarga a’zolik to‘g‘risida murojaat qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”