04:08 / 17.11.2018
2 028

Andrey Kanchelskis: «Rossiya futboli bir joyda qotib qolgan»

Andrey Kanchelskis: «Rossiya futboli bir joyda qotib qolgan»
Odatda, rossiyalik hamkasblarimiz bugungi kunda Namanganning «Navbahor» klubi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Andrey Kanchelskisdan turli fikrlarni olishadi. «MYu»ning sobiq futbolchisi bu galgi intervyusida Rossiya termasiga «Krasnodar» forvardi Arining jalb etilishi bo‘yicha fikr bildirdi.

- Arining Rossiya termasiga taklif etilishi sizga qanday ta’sir qildi?
- To‘g‘risi, hech narsani tushunmayapman! Rossiya futbolini qanday holga solishyapti-ya! Hurmat-e’tibor degan tushuncha qolmagan. Mamlakatimizda 140 million aholi yashaydi. Ular orasidan rossiyalik yosh forvardni topishning imkoni yo‘qmi? O‘zi nima bo‘lyapti? Xohlaganlarini qilishyapti!

- Ammo avvalroq mahalliylashtirilgan Mariu Fernandes jahon chempionatida Rossiya termasining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi.
- Tushunaman, ba’zan istisnolar uchrab turadi. Mariu - o‘zini oqlagan yagona holat, bu yerda savollarga o‘rin yo‘q. Biroq vaziyat shu taxlit davom etsa, yaqinda Rossiya madhiyasi ostida 11 nafar xorijlik futbolchi maydonga tushadi. Yoshlar kimdan o‘rnak olishadi? Nimaga intilishadi? O‘zimizning qahramonlar bo‘lishi kerak, Aridek futbolchilar emas. Tushunarsiz holat.

- Bu Rossiya futbolining rivojlanishdan to‘xtab qolganini anglatadimi?
- Xuddi shunday. Yoki sizda boshqa talqin bormi? Biz bir joyda qotib qolganmiz. Oramizda hammasi yaxshi ekanini ta’kidlaydiganlar ham topiladi. Lekin hayot aksincha holat hukm surayotganini ko‘rsatmoqda.

- Nimani nazarda tutyapsiz?
- Rossiya chempionati darajasi tobora tushib ketyapti. Hech qayerda rivojlanish yo‘q. Shunday vaziyatda ayrimlar ertak aytib, atrofdagilar ko‘zini shamg‘alat qilishga intilishmoqda. Agar futbol sohasida shu yo‘sin ishlashda davom etsak, tez orada Rossiya termasi ko‘plab braziliyaliklar to‘p suradigan mini-futbol jamoasiga aylanib qoladi.

- Biror fakt keltira olasizmi, qaysi yosh rossiyaliklardan birini Arining o‘rniga chaqirish kerak edi?
- O‘zimizning yigitlar rivojlanishlari uchun chaqirish kerak. Masalan, Panyukovni. Termadan tushadigan taklif ularning ko‘zlarida uchqun paydo qiladi, o‘sish uchun ishtiyoq kuchayadi! Yosh o‘yinchilarimiz, ularning ota-onalari, bolalar murabbiylariga achinaman. Ular o‘z tarbiyalanuvchilari uchun jonlarini berishadi, kuyunishadi, muxlislik qilishadi. Shunday pallada termaga braziliyalik futbolchi chaqiriladi. Axir bu odamlar, yoshlar va ularning murabbiylarining ustidan kulish-ku! Ularga hattoki, imkoniyat ham berilmayapti.

- Cherchesovga ham e’tirozingiz bormi? U to‘purarlar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasida borayotgan, Rossiya pasportiga ega forvardni taklif qildi.
- Unga e’tirozim yo‘q. Murabbiyning vazifasi - ayni payt eng kuchli bo‘lib turganlarni chaqirish. Menga mavjud tizim yoqmayapti, xolos.

Manba: interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis: «Rossiya futboli bir joyda qotib qolgan»