O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va yaqindagi “Shanxay SIPG” bilan Xitoy chempionligini qo‘lga kiritgan Odil Ahmedov “Sport” telekanalida “Gol” ko‘rsatuvining mehmoni bo‘ldi. Bu haqda Sports.uz sayti xabar bermoqda.
Dastur davomida Odil Ahmedov boshlovchilarning: - “Shanxay SIPG”da muhit qanday?, - degan savoliga quyidagicha javob berdi: “Jamoada hammasi o‘zini ishini biladigan professional futbolchilar.
Futbolda “kollektiv” degan narsa juda ham muhim. Men o‘zimizni chempionatni ham kuzatib boraman. “Paxtakor”ni o‘yinini o‘xshamayotganini ko‘rib, o‘sha jamoada ukam to‘p tepsa ham hech qachon ichki muhitni so‘ramaganman. Lekin bilaman qanaqadir “kollektiv”i yaxshi emasligi shundoq ko‘rinib turadi.
Shuning uchun maydondan tashqari “kollektiv”lik juda ham muhim. Bu narsa bo‘lsa odam qanaqadir natijaga erishishi mumkin. Shuni biz amalda qo‘llay oldik. Har oy “Shanxay SIPG” futbolchilari bir joyga borib o‘tirib, gaplashib, hamma bir-birini qo‘llab-quvvatlashi juda kerakli narsa. Bu borada Xalk juda faol. Doim yigitlarni yig‘ib, jamoani birlashtirib, chempionlik ruhini uyg‘ota oldi”, - dedi Odil Ahmedov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi