
Xabib Nurmegomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov UFCning sobiq chempioni Jorj Sen-Perga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Bu aynan men orzu qilgan jang. Sen-Per kamarini to‘qqiz marotaba himoya qilgan va ikki vaznda chempion bo‘lgan. Biz u bilan jang uchun vaznni 74 kg ga ko‘tarishga ham rozimiz. Agar Sen-Perga qulay bo‘lsa 75 kg vaznga ham rozimiz.
Agar imkoni bo‘lsa 77 kg vazn toifasiga ham ko‘tarilib, jang qilishimiz mumkin. Garchi, bu bizning vazn toifamiz bo‘lmasada", - dedi Nurmagomedov.
Avvalroq, Xabibning Sen-Perga qarshi jang qilishi haqida xabar qilingandi. Biroq bu rasman tasdiqlanmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar