Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov UFC bilan shartnomasi yakunlangandan keyin amerikalik bokschi Floyd Meyvezerga qarshi jang o‘tkazishi mumkin.
Xabibning agenti Ali Abdulaziz mijozining amerikalikka qarshi jangi 2019 yildayoq bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgan. Uning aytishicha, jang boks qoidalari bo‘yicha o‘tishi kerak.
Avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Nurmagomedov va Meyvezer o‘rtasidagi jang faqatgina oktagonda o‘tishi kerakligini aytib, bu jangning o‘tkazilishini taqiqlagan. Ali Abdulazizning aytishicha, Xabib UFC bilan tuzgan shartnomasiga ko‘ra yana bitta jang o‘tkazishi qoldi.
Nurmagomedov Konor Makgregorni mag‘lub etgandan bir necha kun keyin Meyvezerni jangga chaqirgan. Meyvezer Xabibning chaqirig‘ini qabul qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi