
25 noyabr kuni Atlantik Siti shahridagi “Hard Rock Hotel & Casino” arenasida o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov professional boksdagi 6-jangini o‘tkazdi.
G‘iyosovga meksikalik Migel Zamudio raqiblik qildi. Jang birinchi raunddayoq o‘z nihoyasiga yetdi. Shahramning ketma-ket yo‘llagan zarbalaridan so‘ng Zamudio jangni davom ettira olmadi. Natijada referi bahsni to‘xtatdi. Shahram esa texnik nokaut evaziga nabvatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Mazkur jangdan so‘ng Zamudioning mag‘lubiyatilari soni 12 (54 ta jang, 41 ta g‘alaba, 12 ta mag‘lubiyat) taga yetdi. Shahram hisobidagi g‘alabalar soni 6 ta bo‘lib, u 5 ta jangda nokaut evaziga g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar