
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2018 yil yakuniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi klub murabbiylarini e’lon qildi.
Bosh sovrinni «Real» bilan qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan Zinedin Zidan qo‘lga kiritdi. Mavsum oxirida klubni tark etgan fransiyalik mutaxassis so‘rovnomada 296 ovoz to‘pladi.
Ikkinchi o‘rinni «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp (109 ovoz), uchinchi o‘rinni «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola (105 ovoz) egalladi.
So‘rovnomada 90 ta mamlakatdan ekspertlar qatnashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar