Argentinalik mutaxassis Lionel Skaloni mamlakat terma jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinlandi.
Mamlakat futbol federatsiyasi rahbari Klaudio Tapia xabariga ko‘ra, Skaloni 2019 yil iyul oyida o‘tkaziladigan Amerika Kubogi turniri yakuniga qadar terma jamoada ishlaydi.
«Biz terma jamoadan nimani istayotganimizni tushunib olishimiz kerak. Skaloni ishini hammamiz ko‘rdik, shu tufayli, u Amerika Kubogi yakuniga qadar terma jamoada qoladi», - dedi Tapia.
Eslatib o‘tamiz, Skaloni shu yilning avgust oyida sobiq bosh murabbiy Xorxe Sampaoli o‘rniga vaqtinchalik tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida Argentina 6ta o‘yin o‘tkazib, 4 marta g‘alaba qozondi, 1 marta durang o‘ynadi va 1 marta yutqazdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi