Ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdik (15-0, 12KO) yarim og‘ir vazn toifasida (-79,4 kg) WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Bu bokschi ushbu kamarni 2013 yildan beri egalik qilib kelayotgan Adonis Stivensondan (29-1-1, KO24) tortib oldi.
Dastlabki raundlarda bokschilar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi va jang o‘rtalariga kelib Gvozdik ancha faollashdi, biroq har gal uning zarbalaridan kanadalik bokschi tezda o‘zini tiklab olishga erishdi. Bir necha marta hakamlar nokdaunlarni hisobga olmadi.
10-raundga kelib, Stivensonda charchoq alomatlari sezila boshladi. Bundan unumli foydalangan va tashabbusni qo‘lga olgan ukrainalik bokschi raqibini 11-raundda batamom ringga qulatdi. Uning zarbalari ketma-ketligidan hakam jangni to‘xtatdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?