Ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdik (15-0, 12KO) yarim og‘ir vazn toifasida (-79,4 kg) WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Bu bokschi ushbu kamarni 2013 yildan beri egalik qilib kelayotgan Adonis Stivensondan (29-1-1, KO24) tortib oldi.
Dastlabki raundlarda bokschilar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi va jang o‘rtalariga kelib Gvozdik ancha faollashdi, biroq har gal uning zarbalaridan kanadalik bokschi tezda o‘zini tiklab olishga erishdi. Bir necha marta hakamlar nokdaunlarni hisobga olmadi.
10-raundga kelib, Stivensonda charchoq alomatlari sezila boshladi. Bundan unumli foydalangan va tashabbusni qo‘lga olgan ukrainalik bokschi raqibini 11-raundda batamom ringga qulatdi. Uning zarbalari ketma-ketligidan hakam jangni to‘xtatdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)