13:34 / 10.12.2018
2 774

Dembele “Barselona” tomonidan jazolanishi mumkin

Dembele “Barselona” tomonidan jazolanishi mumkin
“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele klub rahbariyatining ogohlantirishlariga qaramay yomon odatlaridan qutila olmayapti.

Oldinroq, fransiyalik forvard jamoaning 11:00dagi mashgʻulotiga 2 soat kechikib kelgani, u oʻsha kuni tonggi mashgʻulotlarni bir oʻzi oʻtkazgani eʼlon qilingan edi. Bu voqeadan oldin ham jamoa yigʻinlariga kechikib yurgan futbolchi tez orada Kataloniya klubi rahbariyati tomonidan jazolanishi mumkin. Murabbiylarning fikricha, Dembele jazolanmaguncha yomon illatlaridan qutilmaydi.

Dembele joriy mavsum LaLiganing 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dembele “Barselona” tomonidan jazolanishi mumkin