
“Yandeks” 2018 yilda eng koʻp qiziqishlarga sabab boʻlgan 10 nafar sportchi nomini eʼlon qildi.
Roʻyxatdan futbol olamining 7 vakili joy oldi. Ularning 6 nafari (Igor Akinfeyev, Artyom Dzyuba, Denis Cherishev, Lionel Messi, Mario Fernandes va Aleksandr Golovin) futbolchi, soʻnggi vakil esa murabbiy (Stanislav Cherchesov).
“Yandeks” talqiniga koʻra 2018 yilning eng mashhur sportchilari:
1. Igor Akinfeyev
2. Xabib Nurmagomedov
3. Artyom Dzyuba
4. Alina Zagitova
5. Yevgeniya Medvedeva
6. Denis Cherishev
7. Lionel Messi
8. Stanislav Cherchesov
9. Mario Fernandes
10. Aleksandr Golovin
Bundan tashqari, Akinfeyev “Yandeks” talqiniga koʻra yilning eng mashhur insoniga aylandi. Dzyuba, Cherishev va Messi kuchli oʻnlikka kirdi.
“Yandeks” - Rossiya internet qidiruv tizimi. Ushbu tizimdan koʻproq MDH davlatlarida istiqomat qiluvchilar foydalanadi.
Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar