
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi - 2019dagi raqibi Turkmaniston terma jamoasi ham musobaqaga faol ravishda tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Yazguli Xo‘jakeldiyev boshchiligidagi turkmanistonlik futbolchilar joriy yilning 28 noyabr - 12 dekbar kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishdi. Yig‘in davomida Turkmaniston ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Birinchi uchrashuvda mahalliy "Alanyaspor" jamoasi 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda turkmanlar Eronning "Traktorsozi" klubi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Endi 18-30 dekabr kunlari Turkmaniston terma jamoasi Antaliyada ikkinchi yig‘inni o‘tkazadi. Yig‘in doirasida 25 dekabr kuni Afg‘oniston terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in o‘tkazadi.
Manba: www.ufa.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar