3 045
Krishtianu Ronaldu Ispaniyada soliqlardan qochganligi uchun 2 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilinadi
“Yuventus” hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyada soliqlardan boʻyin tovlashi boʻyicha ochilgan jinoyat ishi doirasidagi ayblovlarni tan oldi, deb yozadi Daryo nashri.
33 yoshli portugaliyalik futbolchi 2019 yil 14 yanvar kuni Madridda boʻladigan sudda oʻz aybini rasman tan oladi. Unga 2 yillik shartli qamoq jazosi tayinlanadi.
Ronalduga 14,7 million yevro miqdoridagi soliqlardan qochganligi borasida ayblov eʼlon qilingan boʻlib, futbolchi hozirgacha Ispaniya gʻaznasiga 13,4 million yevroni toʻlashga ulgurdi.
Ispaniya qonunlariga koʻra, Ronaldu tergov bilan kelishuvni tasdiqlash uchun sud oldiga chiqishi kerak. Ronaldu avvalroq jinoiy ish ochmaslik uchun 375 ming yevro toʻlashga tayyor edi, ammo uning taklifi rad etilgan. Krishtianu hibsga olinmaydi. Agar u yana bir bor Ispaniyaning soliqqa oid qonunlarini buzsa, haqiqiy qamoq jazosini oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi