
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Denis Suares “Arsenal”ga oʻtishi mumkin, deb yozmoqda Daryo nashri.
“Barselona” rahbariyati 24 yoshli hujumkor yarim himoyachi agenti bilan futbolchi oʻziga boshqa jamoa izlashi lozimligi toʻgʻrisida suhbat oʻtkazgan. Shundan soʻng “Arsenal” Suaresning agenti bilan bogʻlanib, futbolchi uchun 14 million funt sterling taklif qilgan. Denis Suares “Arsenal” ustozi Unai Emeri bilan “Sevilya”da birga faoliyat olib borgan.
Avvalroq futbolchiga “Chelsi” hamda “Milan” jamoalari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu mavsumda oʻyinchi “Barselona” safida 6 ta oʻyinda maydonga tushdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar