
Meksikalik bokschi Saul Alvares Nyu-Yorkda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazib, britaniyalik Rokki Fildingni nokautga uchratdi. Shunday qilib, bokschi ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBA chempionlik kamarini ham qo‘lga kiritdi.
Jang meksikalik bokschining ustunligi ostida o‘tdi va har bir raundda uni nokdaunga uchratdi. Uchinchi raunddagi to‘rtinchi nokdaundan so‘ng referi jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi va Alvaresni g‘olib deb e’lon qildi.
Meksikalik bokschi uchun bu jang professional faoliyatidagi 51-g‘alabasi (31 nokaut) bo‘ldi. Uning hisobida yana bir mag‘lubiyat va 2 durang mavjud. Filding 27 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Alvares o‘rta vazn toifasining WBC va WBA chempionlik kamarlari sohibi hisoblanadi.
Ushbu boks jangini quyidagi VIDEO orqali tomosha qilishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar