O‘zbekiston PFL “So‘g‘diyona” va “Metallurg” futbol klublarini Superligadan chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqilishi bo‘yicha jiddiy ogohlantirdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, “O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament”ga muvofiq klublarni litsenziyalash bo‘yicha PFL ishchi guruhi “So‘g‘diyona” va “Metallurg” futbol klublarida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazdi.
O‘rganishlar jarayonida ikkala futbol klublari stadionlari maydonining talab darajasida emasligi, maydon yoritish tizimini mutaxassislarni jalb etgan holda sozlash kerakligi, stadiondagi o‘rindiqlar, futbolchilarning kiyinish xonalari, hakamlar va komissar xonalari ta’mirtalab holatga kelib qolganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, futbol akademiyasini tashkil etish choralari ko‘rilmagan, moliyaviy qarzdorliklar bartaraf etilmagan, shuningdek, “So‘g‘diyona” stadionida OAV xodimlari uchun yetarlicha sharoit yaratilmagan.
Mazkur kamchiliklar “So‘g‘diyona” va “Metallurg” futbol klublari tomonidan joriy yil 25 dekabrga qadar bartaraf etilishi lozim. Aks holda O‘zbekiston Professional futbol ligasining klublarni litsenziyalash bo‘yicha ishchi guruhi xulosasiga asosan futbol klublarini kelasi mavsum uchun Superligadan chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi