
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida 10-17 dekabr kunlari 8 vazn toifasida g‘oliblar nomi aniqlandi.
2019 yilgi mavsum uchun O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini aniqlab beruvchi musobaqada shu kunga qadar -49 kg vazn toifasida ishtirok etib kelayotgan Hasanboy Do‘smatov -52 kg vaznda qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, -57 va -63 kg vazn toifalarida Abdulhay Shorahmatov va Aliyor Noraliyevlar final bahsida jangsiz g‘alaba qozonishdi.
Musobaqa finalchilarining to‘liq natijasi quyidagicha:
-52 kg
Hasanboy Do‘smatov – Xudoynazar Fayzov 5-0
-57 kg
Abdulhay Shorahmatov – Otabek Xolmatov (jang o‘tkazilmagan)
-63 kg
Aliyor Noraliyev – Shunqor Abdurasulov (jang o‘tkazilmagan)
-69 kg
Iqboljon Xoldorov – Bobo Usmon Baturov 2-3
-75 kg
Fanat Qahramonov – Odiljon Aslonov 4-1
-81 kg
Dilshodbek Ro‘zmetov – Xurshid Abdullayev 1-4
-91 kg
Rustam To‘laganov – Madiyor Saidrahimov 1-4
+91 kg
Ulug‘bek Mubinov – Obidjon Tohirov 5-0 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar