
Professional boksning super yengil (63,5 kg.) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.
Bokschining ma’lum qilishicha, u 2019 yil 18 yanvar kuni Dominikan Respublikasi vakili Rikardo Garsiyaga qarshi jang o‘tkazadi. 8 raundga mo‘ljallangan mazkur jang AQShning Viskonsin shtati, Verona shahrida joylashgan "Turning Stone Resort & Casino" sport saroyida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Rikardo Garsiya shu kunga qadar professional boksda 19 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 14 tasida g‘alaba (9 nokaut) qozongan, 1 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fazliddin G‘oibnazarov esa professional boksda 6 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida (3 tasini nokaut bilan) g‘alaba qozongan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar