21:56 / 22.12.2018
2 898

«Arsenal» yana g‘alaba qozonishni boshladi

«Arsenal» yana g‘alaba qozonishni boshladi
Angliya chempionatining 18-turida Londonning «Arsenal» klubi «Byornli»ni qabul qildi. «Emireyts» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Maydon egalari o‘yinning 14-daqiqasida Obameyangning goli evaziga hisobni ochishdi. Birinchi bo‘limda londonliklar ustunlikni saqlab qolishdi. Bu Unai Emeri jamoasi uchun APLning joriy mavsumida ilk marta birinchi bo‘limni ustunlik bilan yakunlashi edi. «Kanonirlar» o‘tgan 17 tur davomida buning uddasidan chiqa olishmagan.

Ikkinchi bo‘lim boshida gabonlik hujumchi dublni rasmiylashtirdi. 63-daqiqada mehmonlar bitta javob goli urishdi, Barns gol muallifi bo‘ldi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ivobi yakuniy hisobni o‘rnatdi - 3:1.

Shu tariqa, Shon Daych boshchiligidagi «Byornli» «Arsenal»ga qarshi sakkizinchi o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi (8 o‘yin, 8 mag‘lubiyat).

Keyingi ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lgan (jamoa o‘tgan turda Angliya chempionatida «Sauthempton»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, 22 o‘yin davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasini yakunlagandi, keyin Angliya Kubogida «Tottenhem»ga 0:2 hisobida yutqazdi) «Arsenal» ochkolari sonini 37taga yetkazishdi va beshinchi o‘rinni egallab turishibdi. «Byornli» 12 ochko bilan 18-o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turda «Arsenal» «Brayton end Xouv Albion» mehmoni bo‘ladi, «Byornli» «Everton»ni qabul qiladi. Ikki uchrashuv ham 26 dekabr kuniga belgilangan.

Angliya chempionati
18-tur
Arsenal – Byornli 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar:
1:0 – 14 Obameyang, 2:0 – 48 Obameyang, 2:1 – 63 Barns, 3:1 – 90 Ivobi.

Arsenal – Leno, Kolashinats, Monreal (Lixtshtayner, 37), Papastatopulos, O‘zil, Meytlend-Naylz, El-Nenni (Torreyra, 59), Genduzi, Chaka, Obameyang, Lyakazett (Ivobi, 78).
Byornli – Hart, Teylor, Mi, Long, Tarkovski, Vestvud, Xendrik, Kork, Bardsli (Louton, 83), Vud (Vouks, 77), Barns.
Ogohlantirishlar: Barns (36), Papastatopulos (41), Vud (47), Genduzi (59), Mi (60), Kork (60), Vestvud (90).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Arsenal» yana g‘alaba qozonishni boshladi
ePN