
Riodagi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, bugungi kunda professional ringda faoliyat olib borayotgan bokschi Fazliddin G‘oibnazarov faoliyatidagi yettinchi jangini yanvar oyida o‘tkazadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Fazliddin 18 yanvar kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida Dominikan Respublikasi bokschisi Rikardo Garsiyaga qarshi jang o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar