18:40 / 24.12.2018
3 598

Rasman! Mirjalol Qosimov AGMK bosh murabbiyi!

Rasman! Mirjalol Qosimov AGMK bosh murabbiyi!
Mirjalol Qo‘shoqovich AGMK klubi bilan muzokara olib bordi va yakunda uning Olmaliq shahrida ishlashi aniq bo‘ldi.

2018 yilgi mavsum “Bunyodkor” futbol klubi uchun haqiqiy sinov yili bo‘ldi. Shunga qaramasdan, “qaldirg‘ochlar” mavsumni barqaror o‘tkazishdi: Superliga va mamlakat kubogida kuchli to‘rtlik qatoridan joy olishdi.

Olmaliqning AGMK jamoasi esa o‘tgan mavsumda tarixiy natija qayd etdi – O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi. Bu esa, o‘z navbatida, Osiyo Chempionlar ligasining pley-off raundiga yo‘llanma berdi.

AGMK klubi rahbariyati mamlakatimizdagi eng tajribali murabbiylardan biri – Mirjalol Qosimovga yangi mavsumda jamoani boshqarish taklifi bilan chiqdi. Mirjalol Qo‘shoqovich AGMK klubi bilan muzokara olib bordi va yakunda uning Olmaliq shahrida ishlashi aniq bo‘ldi, deya xabar bermoqda ”Bunyodkor” rasmiy sayti.

“Bunyodkor” jamoasining barcha xodimlari, futbolchilar va rahbariyat Qosimovga jamoadagi faoliyati uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi va uning kelajakdagi murabbiylik faoliyatiga omad tilaydi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! Mirjalol Qosimov AGMK bosh murabbiyi!